BUXGALTERIYA BO`LIMI


Nature

Bosh buxgalter

Allado‘stov Jaxongir Jo‘raqulovich

Qabul vaqti: Dushanba shanba soat 9:00 dan 17:00 gacha

Telefon: 99890 195-15-51

Email: samvmi@edu.uz

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti buxgalteriyasi ish jarayonida yil boshida yillik xarajatlar smetasi tuziladi. Unda institutning ish xaqi stipendiya va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kassa xarajatlari hamda yillik kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat dori-darmon talabiga binoan to‘lovlar, asosiy vositalar sotib olish va joriy-kapital ta’mirlash uchun to‘lovlar, tovar moddiy zaxiralar sotib olish uchun to‘lovlar, ish va xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqa to‘lovlar kassa xarajatlari aylanmasi aks ettirilgan bo‘ladi. Ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar shtatlar jadvali va tarifikatsiya asosida xisoblab chiqiladi.
Ushbu buxgalteriya bo‘limida 4 ta bo‘lim “Reja-moliya bo‘limi”, “Kontrakt to‘lovlari va stipendiya bo‘limi” Ish xaqi xisoblash bo‘limi” va “Tovar-moddiy boyliklar bo‘limi” mavjud.
Buxgalteriyani 2017 yil avgust oyidan boshlab Allado‘stov Jaxongir Jo‘raqulovich 1,0 stavka bosh buxgalter xisobida boshqarib kelmoqda. SHuningdek ushbu buxgalteriyada:
Roziqov Ma’ruf Abdumallaevich – bosh buxg. o‘rinbosari (audit)
Ismoilov Dilshod – 2 toifali xisobchi (ish xaqi) 
Xalilov Navro‘z Mansurovich – rivojlantirish jamg‘armasi xisobchisi
Xudayberdieva Marufat Sirojevna – 2 toifali xisobchi (material)
Muxammadiev Anvar – 2 toifali xisobchi (material)
Muxiddinova Sayyora Djumaniyazovna – 1 toifali xisobchi (kontrakt)
Tuxtaev Zafar Mamatqulovich – 1 toifali xisobchi (shartnoma)
Mamasafarov Botirboy Aliboevich – 2 toifali xisobchi (marketing)
Toshboev Baxrom - 2 toifali xisobchi (xizmat safar)
Yusupov Xolmurat Xusanovich – xazinabon 
LAVOZIM VAZIFALARI
1. Bosh hisobchi:
–O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
–Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
–Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
–Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
–Debitor va kreditor qarzdorliqlar paydo bo‘lishining oldini olish;
–Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
2. Bosh hisobchi o‘rinbosari:
–Institutda buxgalteriya faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha rahbarlik va mas’ul ijrochisi vazifasini bajarish,
–Bank hujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish;
–Kirim-chiqim hujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob hisobotini olib borish,
–Tovar-moddiy boyliklar va asosiy fondlarning ro‘yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
–Birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayorlanishini ta’minlash.
3. Bosh hisobchi o‘rinbosari – auditor:
– Institutda mavjud asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaxo qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va boshqalarni tashkil etish hamda utkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarigi mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
–Asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natajasida aniqlangan kamomadlarni institut hisobiga undirilishi, ortiqchaliklarining kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutassadi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;
–Asosiy vositlar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining institut xisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek ularning xarakati bilan bog‘lik bo‘lgan birlamchi hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobiga o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
– Tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarining balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
– Belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo‘yicha tegishli chora tadbirlarini ko‘rilishini, to‘lov intizomiga rioya etilishi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlanishini nazorat qilish;
– Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining kommunal xizmatlari va elektr energiyasiga sarflanish limitlariga rioya qilishini ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratidan utkazish;
– Tasdiqlangan ish rejasi asosida auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilish va amalga oshirish; 
4. Ish haqi hisoblash bo‘yicha hisobchilar:
– Institut ichki tartib qoidalariga to‘liq rioya qilish;
–Har oyning 1-sanasigacha dekanatlar, kafedralar, bo‘limlar va komendantlar tomonidan taqdim qilingan ish haqi hisoblash tabellarini qabul qilish;
–Har oyning 10 sanasiga 5- memorial orderlarini tayyorlash;
– Har oyning 15 sanasigacha «Temiryul tumani Xalk banki» filialiga xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan 1% pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi xisobotni belgilangan tartibda tuzib topshirish;
–Har chorakning 4 sanasidan kechiktirmay Statistika bo‘limiga hisobot taqdim qilish;
–Har chorrakning 25 sanasidan kechiktirmay DSIga daromad solig‘i, 6.5% va 25% hisobotni taqdim qilish.
– Har oyda mablag‘lar moliyalashtirilgandan keyin ish haqlari va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha so‘rovnoma va to‘lov topshiriqnomasini tayyorlash va g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim kilish;
–Har oyda ishlovchi pensionerlarning pensiyasi uchun pul tarqatish qaydnomasini tayyorlash;
– Ishchi xodimlar tomonidan murojaat qilinganida ish xaqi to‘g‘risidagi malumotnomalarni tayyorlab berish;
–Har kuni xonadan chiqishda texnika uskunalarini o‘chirilganligini tekshirish, yong‘in xavfsizligi va tozalikka rioya qilish;
5. Stipendiya hisoblash bo‘yicha hisobchilar:
–Xar o‘quv yilida semestrlar natijalari bo‘yicha institut rektorining bakalavr va magistr talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yrug‘i ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash;
–Talabalik safiga qabul qilingan va tiklangan talabalarga Samarqand shahar Ipoteka bank ATIB Samarqand viloyat filialidan plastik kartochkalar ochilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirib bankga taqdim qilish va tayyor bo‘lgan plastik kartochkalarni o‘z egalariga tarqatish;
–Stipendiyalarni hisoblab yozish va hisob-kitob to‘lov qaydnomalarida oyiga bir marta buyruqlar asosida amalga oshirish;
–Talabalarning stipendiyalarini hisoblab belgilangan tartibda har oyning 15-20 sanalarigacha Samarqand viloyati G‘aznachilik boshqarmasiga so‘rovnomani olib borib taqdim qilish (hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
–Sud qarorlariga asosan stipendiyadan ushlab qolingan mablag‘larni tegishli tashkilotlarga xisobot va ma’lumotlar olib borib taqdim qilish;
–Talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqlari asosida qaydnomalar rasmiylashtirib fakultetlarga bu xaqda xabar berish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 29 noyabrdagi № 247 sonli “Etim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorining 3- bandiga asosan Respublika byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan institutda tahsil olayotgan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida smetadagi (kodlar 4721900, 4722200 va 4722900) mablag‘larni xarajat qilish;
–Etim va ota-onasining qarovisiz qolgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabaga ovqat, kiyim-bosh, poyafzal va boshqa buyumlar, shaxsiy gigiena buyumlari uchun ajratilgan mablag‘larni oylik dalolatnoma asosida bankda ochilan plastik kartochkalariga o‘tkazib borish;
–Talabalarning talabiga ko‘ra olingan stipendiyalari to‘g‘risida ma’lumotnomalarni so‘ralgan joylar (Sud ijrochilari, maxalla va banklar)ga yozib berish;
–174 "Stipendiya oluvchilar bilan xisob-kitoblar" hisobini yuritib borish ("Stipendiya oluvchilar bilan xisob-kitoblar" subschyotida oliy o‘quv yurtlari, stipendiyalar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar xisobga olinishini yuritish);
–To‘lov-kontrakt mablag‘lar xisobida ta’lim oladigan talabalarga to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng stipendiya xisoblash;
–Buxgalteriya yillik va choraklik hisobotlariga stipendiya bo‘yicha 5-MEMORIAL ORDERI va Forma № 294 tuzib, ilova xujjatlarini xisobotga ilova qilish;
6. Kontrakt to‘lovlari bo‘yicha hisobchi:
– Institut rektori tomonidan imzolangan “Talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyruq asosida talabalarga shaxsiy hisobvaraq ochish;
– To‘lov-kontrakt mablag‘lari hisob raqamiga kelib tushgan shartnoma pullarini talabalar shaxsiy hisobvaraqlariga har kuni qayd etib borish;
– Talabalar kontrakt to‘lovlari bo‘yicha oylik debitor-kreditor qarzdorliklarni aniqlab, rahbariyatga taqdim qilish;
– Buyruq asosida talabalar safidan chiqarilgan va tiklangan talabalar bo‘yicha to‘lov mablag‘larini har oyda hisob-kitob qilib borish;
– Kontrakt tulov pullari uzgarganda talabalar shaxsiy hisobvarag‘iga qayd qilib borish;
– Bitiruvchi talabalarning kontrakt to‘lovlarini 2 oylik 0.75 koeffitsient stipendiya miqdorida kamaytirgan holda qayta hisoblab chiqish;
– Bitiruvchi talabalarning aylanma varag‘ini shaxsiy kartochka hisob-kitobi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilish;
– Kursdan kursga buyruqlar asosida utkazish;
– Yil davomida 252-175 hisoblar bo‘yicha, №292 shakl buxgalteriya daftarini yuritib borish, daftar ma’lumotlari asosida oylik, choraklik, yillik bosh kitob aylanma qaydnoma m-44 son shakl va talabalarning yig‘ma reestri bilan solishtirib borish;
– Talabalar tomonidan yozma murojaatlarni rahbariyat tomonidan tasdiqlangandan keyin buxgalteriya tomonidan qayd qilish (ortiqcha mablag‘larni tegishli manbalariga qaytarib berish) talabalar shaxsiy hisob varaqlariga qayd qilish;
– Har haftaning oxirida dekanatlarga talabalarning kontrakt to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
– Har dushanba kuni rahbariyatga talabalarning kontrakt to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
– Har oyning 3-sanasigacha kontrakt tushumlari haqida satistik hisobotlar topshirish;
– Har oyning 1 va 15 sanalarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tezkor ma’lumotlar taqdim qilib borish;
7. Tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha hisobchilar:
– Yil boshiga qoldiqlarni 292-296 shakl kitoblarga qayd qilish;
– 159 joriy xisob-kitob daftariga tashkilotlarga o‘tkazilgan pullarni yozib, ishonch qog‘ozini yozib ta’minotchiga berish;
– Har oyda ombor mudiridan xisobotni olib, omborga kirim va chiqimini yozish;
– Kafedra va dekanatlar olgan moddiy tovar inventarlariga talabnoma yozib kelganlarga yuk xatini yozib, kirim qilib, ishlatilganligi to‘g‘risida dalolatnoma va xisobotlarini olish;
– Dalolatnomalarni olib xamma kafedra dekanatlarga chiqimlarni yozib chiqarish;
– Har oyda № 6, № 9 va № 13 memorial orderlarini tayyorlash va bosh hisobchiga topshirish;
– Bosh mexanikdan xar oyda yo‘l varaqalarini olib, tekshirib ko‘rib chiqish va provodka berish;
– Hisobdor shaxslardan hisobidagi tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda 1 marta, komendantlardan xar oyda qabul qilish;
– Institut hisobidagi asosiy vositalarga har oy eskirish hisoblash;
– Yil yakuni bo‘yicha vazirlikdan kelgan buyruqga asosan inventarlarning saqlanishi yuzasidan inventarizatsiya qilish;
– Inventarizatsiya natijasida aniqlangan yaroqsiz holga kelgan inventarlarni dalolatnomalar asosida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish;
– Xisobdor shaxslar bilan shartnomalarni bekor qilib, buyruq bo‘lganda boshqa xisobdor shaxsga oldi berdi dalolatnomalarini tuzish;
8. G‘aznachilik va elektron savdolar bo‘yicha hisobchi:
– Joriy yil uchun tasdiqlangan vaqtinchalik va yillik xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar doirasida bosh energetik va reja moliya bo‘limi bilan birgalikda kommunal to‘lovlar, telefon, axborot kommunikatsiya (internet), qo‘riqlash xizmati, sanitar xizmatlar bilan shartnomalarga to‘lov jadvali tayyorlash va raxbariyatga tasdiqlatish hamda viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– Tovar-moddiy zahiralar, qog‘oz, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiyotda foydalaniladigan vositalar, yonilg‘i va yonilg‘i moylash maxsulotlari, mebel va ofis jihozlarini sotib olish va boshqa to‘rtinchi guruh xarajatlari bo‘yicha bo‘limlar va kafedralardan tushgan bildirgi xamda talablar asosida elektron savdo portaliga talabnoma va e’lonlar joylashtirish;
– Elektron savdoda g‘olib bo‘lgan firma va tashkilotlardan kelgan shartnomalarga to‘lov jadvali tayyorlash va raxbariyatga tasdiqlatish xamda viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– Xalqaro sanoat yarmarkasi va korparatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarga to‘lov jadvali tayyorlash va raxbariyatga tasdiqlatish xamda viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– Xar chorakning keyingi uchinchi sanasigacha xalqaro sanoat yarmarkasi va korparatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar doirasida tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallar etkazib berilishining borishi to‘g‘risida viloyat statistika boshqarmasiga hisobot topshirish;
– Kommunal to‘lovlar shartnomalari bo‘yicha avans mablag‘larini va qolgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash uchun bosh energetik tasdiqlagan kommunal sarfi xisobi varaqasiga asosan to‘lov topshiriqnomalar tayyorlash, raxbariyatga tasdiqlatish va viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– To‘rtinchi gurux bo‘yicha viloyat g‘aznachiligidan ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalar bo‘yicha 15% avans mablag‘lariga to‘lov topshiriqnomalar tayyorlash, raxbariyatga tasdiqlatish va viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– Ta’minotchi tomonidan qabul qilingan tovarlar xisob varaqasiga asosan qolgan mablag‘larga to‘lov topshiriqnomalar tayyorlash, raxbariyatga tasdiqlatish va viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
9. Rivojlantirish mablag‘lari hisob raqami bo‘yicha hisobchi:
– Har kunlik hisobraqamga kelib tushgan (avtomaktab, traktor maktab, yotoqxona, ijara, malaka oshirish, xo‘jalik shartnomasi, kamolot, qora metall chiqindi, makulatura topshirishdan va boshqa) tushumlarni turlari bo‘yicha belgilangan tartibda taqsimlash;
– Har oyning 3-sanasigacha hisobdorlar hisobidagi tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni qabul qilish;
– Har oyning 3-sanasigacha tushumlar to‘g‘risida statistika boshqarmasiga hisobot topshirish;
– Har oyning 3-sanasigacha malaka oshirish, avtomaktab, kamolot etakchisi, o‘quv tajriba, traktor maktab bo‘limi xodimlaridan ish haqini hisoblash uchun tabel va naryadlarni qabul qilib olish;
– Har oyning 5-sanasigacha xodimlarga ish haqi hisoblab, so‘rovnoma va to‘lov topshiriqnomasini tayyorlash va g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim qilish;
– Bankga ish haqi hisobidan plastik kartochkalarga utkazmalar to‘g‘risidagi reestrni taqdim qilish;
– Har bir xodimga hisoblangan ish haqini shaxsiy hisobvaraqlariga tushirib chiqish.
– Har oyda xodimlarning pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi xisobotni belgilangan tartibda tuzish va Xalq bankiga topshirish;
– Institut yotoqxonasida turadigan talabalar bilan shartnoma tuzish, to‘lovlarini hisoblab borish;
– O‘quv tajriba uchastkasida bo‘lgan qora mol va qo‘ylar, ularning em-xashaklari hisobini yuritib borish;
– Avtomaktab hisobida bo‘lgan avtomobillar sarflagan benzin va siqilgan gazning hisobini yuritib borish;
– “Rivojlantirish jamg‘armasi” hisob-raqamdagi mablag‘lar hisobiga sotib olingan asosiy vosita va tovar moddiy zaxiralarni kirimi va chiqimini hisoblab borish;
– Ushbu olingan asosiy vositalarga har oyda eskirish hisoblash;
– Har oyda debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida hisobot tayyorlash va bosh hisobchiga taqdim etish;
– Ijara to‘lovlarini va ularning kommunal to‘lovlarini har oyda hisoblab borish;
10. Amaliy va innovatsiya loyihalari hisob raqamlari bo‘yicha hisobchi:
– Amaliy va innovatsiya mavzular bo‘yicha ishchi xodimlarning xar oyning 1-3 sanasida ish haqi hisoblash uchun tabellarini qabul qilish, ularga ish xaqi xisoblash va so‘rovnoma hamda to‘lov topshiriqnomalarini tayyorlab G‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish;
– Amaliy va innovatsiya mavzulari bo‘yicha xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘lar doirasida orgtexnikalar, idora mollari, qog‘oz va boshqa zarur moddiy qiymatliklar xarid qilish bo‘yicha bildirgi va talabnomalar asosida elektron savdolarga talabnomalar joylashtirish ajratilgan mablag‘larni birja orqali tendrga qo‘yib shartnoma ijrosini to‘lov jadvali asosida o‘z vaqtida amalga oshirish;
– Amaliy va innovatsiya mavzular bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarni g‘aznachilik boshqarmasiga to‘lov topshiriqnoma asosida 15% ni o‘tkazish, o‘tkazilgandan so‘ng ta’minotchi ishonchnoma orqali tovarni schyot-faktura bilan omborxonaga kirim qilish va talabnoma orqali xisobdor shaxslarga tarqatish;
– Amaliy va innovatsiya mavzular bo‘yicha xarajatlar smetasida ajratilgan xizmat safarlari mablag‘larini nazoratini olib borish va o‘z vaktida ijrosini ta’minlash;
– Amaliy va Innovatsiya mavzulari bo‘yicha xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘larni ijrosi to‘g‘risida statistika boshqarmasiga yillik xisobotni o‘z vaqtida topshirish;
– Amaliy va innovatsiya mavzular bo‘yicha xodimlarga xisoblangan ish xakidan ajratilgan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya xisobvarag‘ini Xalq bankiga xar oyning 15 sanasigacha olib borish;
– O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligiga har chorak keyingi oyining 15 sanasigacha moliyaviy buxgalteriya xisobotini topshirish;
11. G‘aznachilar:
– Xar oyning 5 sanasidan keyin Samarqand viloyat G‘aznachilik boshqarmasiga ish xaqi, stipendiya, pensiya va safar xarajatlari bo‘yicha utgan nakd pullar uchun chek yozish va bankga olib borish;
– Bankdan olingan nakd pullarni inistitut gaznasiga kirim kilish, to‘lov kaydnomalari orqali har bir shaxsning o‘ziga, shaxsni tasdiqlovchi xujjat orqali tarqatish;
– Ish xaqi, pensiya, stipendiya va safar xarajatlari tarqatilib bo‘lingandan keyin kassa xisobotini tayyorlash va bosh hisobchiga topshirish