ILMIY TADBIRLAR


Respublika Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi taklifiga binoan, yurtimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Butunrossiya hayvonlar sog‘ligini himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti Axborot tahlil markazining hududiylashtirish bo‘yicha shu’ba mudiri V. Nikiforov boshchiligidagi delegatsiya Samarqand Veterinariya meditsinasi institutiga tashrif burdi. Mehmonlar rektor, professor Xudaynazar Yunusov boshliq institut rahbariyati bilan uchrashdi.

Joriy yilning 22-23 yanvar kunlari Samarqandda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi mutaxassis –xodimlari uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan mutaxasislar ishtirok etishi kutilmoqda.

Treninglardan ko‘zlangan maqsad – hayvonlarda uchraydigan oqsil kasalliklari bo‘yicha Halqaro Epizodik Byuro statusini olish hamda hamkorlikni kuchaytirish va halqaro tan olingan tajribalar vositasida ushbu soha mutaxassis –xodimlarining malakasi va bilimlarini oshirishdan iboratdir. 

Halqaro ekspertga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining  Xalqaro xamkorlik bo‘limi bosh mutaxasisi A.Mamadiyorov hamrohlik qilmoqda.

Axborot xizmati