INSTITUT TARIXI


INSTITUT TARIXI

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 1929 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning veterinariya sohasidagi yirik oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Hozirgi vaqtda institutda davr talablariga javob beradigan yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar, fan nomzodlari, fan doktorlari tayyorlanmoqda. Institutning 4 fakultetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:
Veterinariya medisinasi (faoliyat turlari bo'yicha)
Veterinariya farmasevtikasi
Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
Veterinariya sanitariya ekspertizasi
Zooinjeneriya (turlar bo'yicha)
Biotexnologiya
O’simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
        Institutda parazitologiya (professor N.V.Badanin, akademik I.X.Irgashev), qorako‘lchilik (professor A.A.Raximov), zootexniya (professorlar P.M.Pushkarev, N.A.Mavlonov), hayvonlar fiziologiyasi (professor R.H.Haitov), hayvonlar morfologiyasi (professorlar P.P.Vinogradov, D.X.Narziyev, Sh.I.Ibragimov), hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari (professor H.Z.Ibragimov), seleksiya va urug`chilik (professor D.T.Abdukarimov), o‘simlikshunoslik (professor Ye.P.Gorelov), tuproqshunoslik (professor D.M.Kuguchkov), o‘simliklar himoyasi va karantini (professor M.I.Kosobutskiy), qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (professor M.X.Xusanov) sohalari bo‘yicha ilmiy maktablar yaratilgan.             Institutda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va kompyuterlar bilan jihozlangan laboratoriyalar, o‘quv xonalari hamda o‘quv binolari talaba va o‘qituvchilar xizmatida. Shuningdek institutda boy axborot resurs markazi, sport majmuasi, talabalar turar joylari mavjud. Institut qoshidagi faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quv-tajriba xo‘jaligida, o‘quv poligonida talabalarning amaliy mashg`ulotlar va ilmiy izlanishlar o‘tkazishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
     Institutda faoliyat kursatayotgan 23 ta kafedralarda 25 dan ortiq fan doktorlari, professorlar, 130 dan ziyod fan nomzodlari, dotsentlar talabalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Kunduzgi bo‘limida ta'lim olayotgan talabalar soni 5272 dan ziyod bo‘lsa, 937 talaba ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘z bilimlarini oshirishmoqda. Bugungi kungacha institutda 39 mingdan ortiq oliy ma'lumotli, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Ta'limning uzluksizligini ta'minlash bo‘yicha yosh ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi paytda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:
       Institutda Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti orqali qo‘yidagi 13 ta ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
03.00.05-Botanika
03.00.06-Zoologiya
03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi
05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘ja-ligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik
06.01.04-Agrokimyo
06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik
06.01.08-O‘simlikshunoslik
06.02.03-Xususiy zootexniya. CHorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
08.00.04- Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
16.00.01- Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi.
16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi 
Doktoranturada quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha fan doktorlari tayyorlanmoqda:
06.01.05-Selektsiya va urug’chilik
06.01.09-O‘simlikshunoslik
06.02.04-Xususiy zootexniya, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
08.00.04-Mikroiqtisodiyot
16.00.01- Hayvonlar diagnostikasi va terapiyasi
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi 
      Institut 89 yillik faoliyati mobaynida 170 dan ortiq fan doktori va 393 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. Keyingi 10 yilda 24 ta fan doktorligi, 61 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Boshoqli don ekinlarning 7 ta, kartoshkaning 3 ta, nuxatning 2 ta navi, qorako‘l qo‘ylarning 3 ta zavod tipi, 4 ta vetpreparatlar, 7 ta yangi mexanizmlar yaratildi. Institut olimlarining ijodiy faoliyati va keng ko‘lamli ilmiy izlanishlari natijasida umumta'lim va mutaxassis fanlar bo‘yicha 100 dan ortiq darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, 120 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar chop etildi va ular Respublika xalq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda.
     Professor-o‘qituvchilar talabalarga serqirra agrar fanlarning sirlarini fidoiylik bilan o‘rgatish hamda talabalarning ma'naviy va ma'rifiy dunyoqarashlarini shakllantirishda Vatanga, millatga sadoqatli, fidoyi komil insonlar bo‘lib yetishishida astoydil mehnat qilmoqdalar. Hozirgi kunda institutning qator xorijiy mamlakatlar, jumladan: AQSh, Angliya, Gollandiya, Germaniya, Polsha, Rossiya va boshqa mamlakatlarning Oliy o‘quv yurtlari bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorligi uzviy rivojlanib bormoqda.
         Ilmiy izlanishlar asosan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, chorvachilik maxsulotlarini ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi serhosil va tezpishar navlarini yaratish, tuproqning unumdorligini oshirish, atrof-muxit musaffoligini ta'minlash, chorva mollarini har xil kasalliklardan asrash, qishloq xo‘jalik texnikalari, mashina va agregatlarini samarali tizimini yaratish bo‘yicha olib borilmoqda. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish iqtisodini tashkillashtirish, buxgalteriya hisobi, agrar iqtisodiyot soha ishlab chikarishni faoliyati tahlili yuzasidan tavsiya va ishlanmalar joriy etilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlari sohasida atrof muhit va toza ichimlik suvi muammolari, arzon elektro energiya olish texnologiyasi hamda biotexnologiya, genetika qonuniyatlari va yutuqlaridan foydalanish muammolariga alohida etibor qaratilgandir.