IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI


Ilmni qadirlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin!
Yoshlik – umrning eng bebaho davri.
Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!

Sh.Mirziyoyev

BO‘LIMNING MAQSADI

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan va Samarqand veterinariya meditsinasi institutining tarkibiy tuzilmasiga kiradi. 
Bo‘limning maqsadi institutda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarga jalb etish, har bir talabani qamrab olgan xolda ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish har bir iqtidorli talabalarni turli tanlovlarda va ilmiy-tadqiqot faoliyatlar bilan shug‘illanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ularning bu yo‘nalishda erishgan yutiqlarini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.

BO‘LIM BOSHLIG‘I

Nurbayev Saxobiddin 
Aliqulovich!

Qabul kunlari:har kuni 
10:00 dan 17:00 ga qadar
Tel: +99893-237-68-36
E-mail: sahobiddin87@mail.ru

1-TOIFALI MUHANDIS
Hamrayev Asqar
Xasanovich

Tel: +99893-993-63-97
1-TOIFALI MUHANDIS
Berdiyorova Dildora
Anvarovna 

Tel: +99893-237-68-36
E-mail: dildora.anvarova@bk.ru

BO‘LIMNING VAZIFALARI

Iqtidorli talabalarning samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

Iqtidorli yoshlarning “XXI asr-Intellektual avlod asri” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida institutning ilm-fanga qobiliyati yuqori bo‘lgan talabalar ishtirokini ta’minlash;

Institutning iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari ilmiy-tadqiqot muassasalari shu jumladan xorijiy mamalakatlarning ta’lim va ilmiy marazlari pedagoglari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslari o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;

Iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda chop etiladigan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashishlarini qo‘llab quvatlash va ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida institut iqtidorli talabalarining munosib ishtirok etish choralarini ko‘rsatish;

Institut bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan xoriy ta’lim va ilmiy muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasida on-layn ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish;

Institutda har yili iqtidorli talabalarning ilmiy-amali konferensiyasini tashkil etish va bunda eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

Institut iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalar yaratish borasida faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

Har yili o‘tkaziladigan talabalarning respublika fan olimpiadasida institut iqtidorli talabalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;

Institut filiallari va akademik litseyning iqtidorli talabalarini hamkorlikda turli tanlov va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarga maqsadli jalb etish choralarini ko‘rish;

Bo‘limga qonunchilikga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.