INSTITUT «ILMIY-TADQIQOT MAJMUASI» FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI:
- institutda amaliy va innovatsion xarakterdagi ilmiy-tadqiqotlarni, yangi texnika va texnologiyalar yaratishni qo‘llab-quvatlash;
- ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, yangi texnologiya, ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni chorvachilik hamda veterinariya sohalariga joriy etish;
- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish orqali innovatsion jamg‘arma hisob raqamiga pul tushirish;
- institut professor-o‘qituvchi, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarini turli ilmiy tanlovlarga qatnashishi uchun uslubiy yordam berish, ilmiy-texnik axborotga, patent-litsenzion xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
- institut innovatsion o‘quv-diagnostika va davolash veterinariya markazi, kafedralararo va immunobiotexnologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini o‘quv-ilmiy asboblar, jihozlar va boshqa moddiy-ashyolar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
- ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilishi.