MALAKAVIY IMTIHONLAR
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM”ga asosan falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:
-ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq). Matematik modellashtirish asoslari fani bo‘yicha savollar aniq va tabiiy fanlar, Matematik statistika asoslari fani bo‘yicha savollar esa, iqtisodiyot, tibbiyot va pedagogika fanlari (ixtisosliklari) bo‘yicha malakaviy imtihonlar savollari tarkibiga kiritiladi;
-chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko‘rsatilgan chet tilidan topshiriladi. Bunda IELTS (o‘rtacha 5,5 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Davlat test markazining malakaviy sertifikatga ega bo‘lgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.
Malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o‘tkaziladi, mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
Samarqand veterinariya medisinasi institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya Komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomi” va O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasining Qishloq xo’jaligi va veterinariya fanlari bo’yicha ekspert kengashi tavsiyasi asosan 2020 yil fevral oyida o’tkaziladigan malakaviy imtihonlar to’g’risidagi ma’lumot.
Malakaviy imtihoni nomi |
Imtihon o’tkaziladigan sana, joyi, vaqti |
Imtihon topshiruvchi talabgorlar soni, F.I.Sh. |
|
Talabgorlar soni |
Talabgorning F.I.Sh. |
||
03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari) |
24.02.2020 y. 271-xona, 14-00 |
1 |
-Rustamov Baxtiyor Suvonqulovich, institut tayanch doktoranti. |
16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi |
24.02.2020 y. 271-xona, 14-00 |
2 |
-Sulaymonov Ma’ruf Abduxolikovich, institut mustaqil izlanuvchisi; -Boboyev Oybek Rayimovich, institut mustaqil izlanuvchisi. |
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi |
24.02.2020 y. 271-xona, 14-00 |
3 |
-Doniyorov Shoxrux Zafarovich, institut tayanch doktoranti; -Muxtarov Elmurod Abdig’ulomovich, institut tayanch doktoranti; -Babayeva Shaxlo Aliyevna, institut mustaqil izlanuvchisi. |
16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi |
24.02.2020 y. 271-xona, 14-00 |
1 |
-Salimova Iroda Yunus qizi, institut tayanch doktoranti. |
Jami: |
|
7 |
|
ilmiy pedagog-kadrlar tayyorlash bo’limi