O'QUV ISHLAR BO'YICHA PROREKTOR


O'quv ishlar bo'yicha prorektor
Elmurodov Abdug'ani Aktamovich


 Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +99866 234-07-86
Elektron pochta:  elmurodov.a@mail.ru

 

Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich 1969 yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 
Millati: O’zbek. 
Ma’lumoti: Oliy, Samarqand qishloq xo‘jalik institutini “Agronomiya” fakultetini (1991), shu institutda aspiranturani (1994)  tamomlagan, 1998 yilda nomzodlik, 2017 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mehnat faoliyati:
O‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi  xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy xodim (1995), assistenti (1996), dotsent (2002), institut o‘quv-metodika bo‘limi boshlig‘i (2002-2004), Agronomiya fakulteti dekani muovini (2005-2008), instituti o‘quv metodika bo‘limi boshlig‘i (2008-2012), institut o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor (2012-2018), Biotexnologiya, chorvachilik va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti dekani (2018 yil 9 iyuldan hozirgacha).
Ilmiy darajasi: Fan doktori
Ilmiy  unvoni: dotsent
Ish staji: 27 yil
Pedagogik staji:22  yil
O’qitadigan fanlari: Biotexnologiya
Yutuqlari:  Oliy ta’lim o‘quv  dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha  xalqaro loyihalar doirasida (Gruziya, 2009, Chexiya, Praga, 2016, AQSH ta’lim departamenti,2018) malaka oshirgan.
Ilmiy ishlari:  
1. O‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik sohasida 114 maqola, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tavsiyanoma chop etgan. Topinamburning “ E’tirof” navini yaratgan.1998 yilda “Kartoshkaning duragay populyatsiyalari hosildorligining urug‘ ko‘chat qalinligiga bog‘liqligi” mavzusida nomzodlik,  2017 yilda “Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish”  mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan 
Oilaviy ahvoli: Oilali, 2 nafar farzandi bor.